O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari shanba kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariag‘ach shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari yuzasidan Nursulton Nazarboyev bilan uchrashish uchun qo‘shni mamlakatga yetib bordi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbarlari uchrashuv jarayonida davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning MDH hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalari, shuningdek kun tartibidagi ustuvor mintaqaviy va xalqaro masalalar ko‘rib chiqildi.