Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari hamkorlikda piroglar retseptlarini taqdim etadi.

Baqlajon va tovuq qo‘shib pishirilgan pirog

Siz bundan oldin baqlajon va tovuq go‘shti solib pishiriladigan pirog haqida eshitganmisiz? Albatta yo‘q, chunki bu noyob retsept bo‘lib, endilikda yaqinlaringizni bu antiqa pirog bilan lol qoldirishingiz mumkin.

Ikki xil asosli «Kungaboqar» pirogi

«Kungaboqar» pirogи har qanday dasturxonga ko‘rk bag‘ishlovchi, ikki xil, qiymali va pishloqli asosdan tashkil topgan mazali yegulikdir. Asosiysi, bu pishiriqni mehr ila tayyorlash kerak, shunda o‘zingiz kutgan natijaga erishasiz.

Ko‘k piyoz va tuxumli quyma pirog

Tuxum va ko‘k piyozli pishiriqlarni yaxshi ko‘rasiz, ammo ularni tayyorlashga vaqtingiz yo‘qmi? Quyma pirog sevimli pishiriqlaringizni aniq o‘rnini bosa oladi. Tuxum va ko‘k piyoz uyg‘unligida kefirdan tayyorlangan mayin va juda ham yumshoq bo‘lgan quyma pirogni tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Go‘shtli pirog

Go‘shtli pirog ko‘pchilikning eng sevimli pishiriqlaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Bu pirogнинг xamiriga kefir solib tayyorlaniladi.
Bu pirogga shakl berish usuli kavkazcha piroglarni eslatadi, ammo unga xamirturush solinmaydi. Uning tugilishi esa juda antiqa.

«Xrizantema» go‘shtli pirogi

Sovuq va bir oz yoqimsiz ob-havo oqshomlarini bayramga aylantirishi hech gap emas. Masalan ajoyib go‘shtli pirog «Xrizantema» pishirish orqali.
Yumshoq va mazali, oshirma xamirdan tayyorlanib, ichiga qiyma va pishloq uyg‘unlashtirilgan bu pirog ishtahani ochib, kayfiyatni ko‘tarishi aniq.

Olxo‘rili pirog

Kuz fasli juda himmatli fasllardan bo‘lib, aynan shu faslda meva-sabzavotlardan to‘yib iste’mol qilish imkoniyati tug‘iladi. Shulardan biri olxo‘ri mevasidir.
Bu tayyorlangan olxo‘rili pirogнинг hozir ayni fursatidir. Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so‘m pul sarflaniladi.

Videoretsept: tvorogli koptokchalarga boy shokoladli pirog

Agarda siz kundalik hayotingizni shokoladli shirinliklarsiz tasavvur qila olmasangiz, unda tvorogdan qilingan ko‘ptokchalarga boy shokoladli pirogнинг retsepti ko‘nglingizga manzur kelishi aniq. Tvorog va kakos aralashgan asos, hamda shokoladli biskvitning uyg‘unlashuvi bu pishiriqqa takrorlanmas ta’m hadya etadi.

Banan va shokoladli pirog

Ajoyib hidi ishtahani ochib yuboradigan banan va shokoladli pirog retseptini taqdim etamiz.
Oila a’zolari yoki do‘stlar davrasida yig‘ilganda bu pirogни pishirsangiz, hammaning kayfiyati ko‘tarilib, davrangiz yanada qizishi aniq.

Mak solingan tvorogli pirog


Mak bilan tvorog birlashmasi odatiy emas albatta, ammo ishoning, bunday uyg‘unlik juda ham ajoyib ta’mni hosil qiladi! Pirogning tashqi ko‘rinishi ishtahaochar, ta’mi esa juda mayindir. Bu pirogни tayyorlashda tuxumning oqi alohida, sarig‘i alohida ko‘pirtirilishi lozim.

Bundan-da ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15