Shaxmatchi Javohir Sindorovga Toshkentning Sergeli tumanida uch xonali uyga ega bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti nomidan sovg‘ani prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov topshirdi.Shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, sovg‘a 12 yosh, 10 oy va 8 kunlik vaqtida grossmeyster me’yorlarini bajargani uchun topshirildi. U bu borada jahonda ikkinchi bo‘ldi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi sport unvoni topshirilganidan so‘ng Javohir Sindorov 12 yosh 7 oylik vaqtida grossmeyster bo‘lgan Sergey Karyakindan keyin jahonda eng yosh grossmeysteriga aylanadi.

Javohir Sindorov 4 yoshidan buyon shaxmat bilan shug‘ullanadi. U 2012, 2014 va 2015 yillarda maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempioniga aylandi. O‘tgan yilning aprelida esa 8−18 yoshli sportchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.