Toshkentdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida tashkil qilingan biznes nonushta O‘zbekiston bilan Rossiya hududlari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvlariga boy bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir yakuni bo‘yicha 8 ta hududlararo va 3 ta kompaniyalararo bitimlar imzolandi. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

1) Chelyabinsk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Namangan viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik haqida bitim.

2) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Samarqand viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.

3) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Farg‘ona viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.

4) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Namangan viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.

5) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.

6) Ivanovsk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.

7) Tyumensk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlik haqida bitim.

8) Moskva hukumati bilan Toshkent shahar hokimiyati o‘rtasida 2018−2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi.

9) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati, «RusAgroMarket-Xolding» ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati (O‘zbekiston) o‘rtasida bitim.

10) «ARVIAY» X5 Riteyl Grup" aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) bilan «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik haqida bitim.

11) Rossiya eksport markazi aksiyadorlik jamiyati bilan Toshkent metallurgiya zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida strategik sheriklik haqida bitim.

Qayd etish joiz, imzolangan hujjatlar hududlararo hamkorlikni davom ettirish, qo‘shma loyiha va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, investitsiya sohalarida samarali munosabatlarni yanada faollashtirish, ikki mamlakatning eksport salohiyatini ko‘tarish va qo‘llab-quvvatlash, davlatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.