Argentinada o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni davom etmoqda. -56 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik bokschiAbdumalik Xalakov final jangida ukrainalik Maksim Xalinichevga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar olimpiadasidagi medallari soni 15 taga yetdi. Ayni paytda delegatsiya hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.