Vitaliy Yurevich Dragunov O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zatom» atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida.

Mazkur tayinlovga qadar u «Rosatom» davlat korporatsiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy markazi bosh direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

«O‘zatom» agentligi prezident Shavkat Mirziyoyevning 19 iyuldagi farmoni bilan tashkil etildi. Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov uning rahbari hisoblanadi.