18 oktbyar kuni Rossiya poytaxti Moskvada O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlis Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, birinchi prezident rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston elchixonasi vakillari, deputatlar, O‘zbekiston Qahramonlari, nuroniylar, yozuvchi-shoirlar, fan va san’at namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, Rossiya Sovet Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri o‘rinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

Islom Karimov siymosi Samarqanddagi Registon majmuasi fonida qad rostlagan. Hakal britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey g‘oyasi asosida bunyod etilgan.