2018 yil 18 oktyabr kuni soat 8:10 da Samarqand viloyati Payariq tumanidagi «Yoshlar markazi"ning ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasining saytida xabar berildi.

Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari 9:20 da yong‘inni bartaraf etgan. Binoning ikkinchi qavatida joylashgan «Kovorking markazi"ning 60 m² plastikli shifti va tunukali tom qismi yong‘indan zarar ko‘rgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyiga Payariq tumani hokimi, Samarqand viloyati IIB YOXB, tuman prokuraturasi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari yetib borishgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.