«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 1 noyabrdan Afrosiyob tezyurar poyezdi chiptalari narxi oshirilishi to‘g‘risida ma’lum qildi. «Gazeta.uz"ning kompaniyadan aniqlik kiritishicha, narxlar o‘rtacha 35 foizga oshiriladi.

«Bu elektr energiyasi, xom ashyo, ehtiyot qismlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun raqobatbardosh maoshlarni to‘lash xarajatlarini to‘liq qoplash maqsadida ko‘rilmagan majburiy choradir», — deyiladi xabarda.

«Narxlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar sonini saqlab qolish hamda ijtimoiy ahamiyatli yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashishlarda daromadlilikni ortiqcha xarajatlar nuqtasiga yaqinlashtirishga imkon tug‘diradi», — deya qayd edi kompaniya.

Bugungi kunda Afrosiyob poyezdi Samarqand-Toshkent, Toshkent-Shahrisabz va Toshkent-Buxoro yo‘nalishlarida harakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan Afrosiyob poyezdlarida chiptalar narxi 35 foizga oshirilgan edi.

Chiptalar narxlari