Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga dastlabki qarzlarini (zayom) ajratdi, deya xabar qildi Yevroittifoqning mamlakatdagi Delegatsiyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

100 mln yevro YeIning Iqlim va atrof-muhit sohasida harakatlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib tashlash sohasidagi loyihalarga yo‘naltiriladi.

Mazkur operatsiyaning O‘zbekistonga tashqi suv resurslariga yuqori qaramlik va ichimlik suvi yetishmovchiligini bartaraf etishiga yordam berishi kutilmoqda. Xabarda qayd etilganidek, mamlakatda ishlatilayotgan suvning 80 foizga yaqini qo‘shni davlatlar kirib keladi.

Yana 100 mln yevro kichik va o‘rta korxonalar, o‘rtacha kapitallashgan kompaniyalar va xususiy sektor korxonalari energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi.

YeIB qarzlari hukumatning 2030 yilgacha mamlakatda texnologik jarayonlarda energiya iste’moli darajasini eng kamida 50 foizgacha kamaytirish bo‘yicha maqsadlariga erishishiga xizmat qiladi. Sanoat sektorida, qayd etilishicha, ushbu sohadagi vaziyatni yaxshilash uchun salmoqli salohiyat mavjud.

Har ikki loyiha Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda hamda Yevropa komissiyasi tomonidan boshqarilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari uun Investitsion jamg‘arma tomonidan texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.