GM Uzbekistan kompaniyasi GM Korea bilan hamkorlikda Toshkentda Tracker modelini yirik uzelli yig‘ish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kompakt krossoverni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, uskuna va butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun GM Uzbekistan va GM Korea o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolangan. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona Tracker yig‘ildi, deyiladi xabarda.

Tracker’ni ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi sanasi, shuningdek, avtomobil narxlari haqida batafsil ma’lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng beriladi.