Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida tibbiyot buyumlari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi belgilandi.

Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha maxsus avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, tibbiyot uskunalari va sarflanadigan materiallar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, texnik o‘qitish vositalari, adabiyotlar va tez tibbiy yordam xizmatiga zarur boshqa moddiy-texnika resurslar uchun 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod etililishi (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) belgilandi.