2018 yil 15 oktyabr kuni soat 12:00 lar atrofida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hududida kuzatilgan kuchli shamol natijasida tuman hokimiyati binosining tom qismi pastga quladi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, buning natijasida hokimiyat hovlisida bo‘lgan tumandagi «Tarnov» mahallasi Tarnov qishlog‘ida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro Mardon Qodirov halok bo‘ldi.

«Burgansoy» mahallasi Mavlon qishlog‘ida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Shahobiddin Fayziyev turli darajadagi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YOXB rahbarlari, shuningdek qutqaruv tuzilmalari chiqishgan.

Ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi to‘liq tozalanib, sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz holat oqibatlari bartaraf etilgan.