2018 yil 16 oktyabr kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi uybekasi Sh. V. uyida 5 yoshli o‘g‘li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada Z.K. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Sh. V. qo‘lga olingan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.