Toshkentning Mirobod tumanida 16 oktyabr kuni Fayziobod 9-tor ko‘chasida yashovchi, nafaqaxo‘r X.M. (ismli ayol)ning uyi yerto‘lasidagi isitish qozoniga o‘rnatilgan mo‘ridan chiqqan is gazidan o‘zi va uning 2 nafar nabiralari zaxarlangan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Natijada X.M. kasalxonaga yotqizilgan, bolalarga esa tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni kuz-qish mavsumida uy va ish joylarida isitish, xususan, gaz moslamalari hamda elektr texnikalarining soz holatda ekanligiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi.