Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi seshanba kuni o‘rtoqlik uchrashuvida Qatar jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Poytaxtdagi «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Birinchi golga 72-daqiqada jamoa sardori Odil Ahmedov mualliflik qildi. 85-daqiqada esa o‘yinchi Marat Bikmayev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va hisobni oshirdi.

Bu «Oq bo‘rilar"ning bosh murabbiy Ektor Kuper rahbarligi ostidagi ikkinchi g‘alabasi. Avvalroq O‘zbekiston KXDRni mag‘lub etib (2:0), Suriya bilan durang (1:1) o‘ynagan, Eronga o‘yinni boy bergan (0:1) edi.

Video