Uch karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibasi Olga Zabelinskaya Fransiyada professional velosportchilar o‘rtasidagi Chrono des Nations xalqaro musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Velosportchi o‘rtacha 45 km/soat tezlikda 35 daqiqa 54 soniyalik natija bilan O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni 12 soniya ortda qolgan daniyalik Emme Sesil Yorgensen, bronza medalini esa finish chizig‘ini 35 soniya kechroq kesib o‘tgan fransiyalik Odri Kordon-Ragot qo‘lga kiritdi.

Zabelinskaya har yili o‘tkaziluvchi musobaqada to‘rtinchi marta ishtirok etmoqda, biroq birinchi marta g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, shosseda velosport bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibasi rossiyalik Olga Zabelinskaya yozda sport fuqaroligini o‘zgartirish va O‘zbekiston nomidan ishtirok etishga qaror qilgan edi.