Hukumat qarori bilan Konstantin Mixaylovich Akulov «O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

«O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» AJ bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida o‘z tayyorlov tashkilotlari tarmog‘iga ega bo‘lgan va respublika iqtisodiyotining barcha sohalarini sifatli rangli metallar bilan ta’minlovchi zamonaviy korxona hisoblanadi.