Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida G-2 turkumiga kuruvchi “President's CUP” xalqaro reyting musobaqasi yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Yigitlar o‘rtasidagi bahslarda Jasurbek Jaysunov (-68 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda -55 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Madina Mirabzalova musobaqa finaliga yetib bordi va kumush medalga ega chiqdi. Osiyo o‘yinlari sovrindori, -49 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Madina Mannopova esa musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, taekvondochilar Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqani 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.