Turkiyalik shifokorlar — ginekolog Ali Enver Kurt va onkolog Tayfun Xanjilar — O‘zbekistonga tashrif buyurib, Toshkentda bepul tibbiy ko‘riklarni o‘tkazadi. Bu haqda tibbiyot mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etayotgan Turkiyaning Remed Health kompaniyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Doktor Ali Enver Kurt, bepushtlikni davolash va ekstrakorporal urug‘lantirish (EKO) bo‘yicha mutaxassis, 19 va 20 noyabr kunlari Clinic Pro shifoxonasida ikki kunlik konsultatsiyalarni o‘tkazadi.

Ali Enver Kurt Jerrahpasha Istambul universiteti tibbiyot fakultetini tamomlagan, EKO, bepushtlik, reproduktiv endokrinologiya, homiladorlikni yuritish va tug‘ruqlar sohalarida 30 yilga yaqin vaqt davomida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Doktor Tayfun Xanjilar Clinic Pro klinikasida 21−22 noyabr kunlari qabullarni o‘tkazadi. U radiatsion onkologiya, jumladan o‘pka, ko‘krak bezi, bosh va o‘simtalarning boshqa murakkab ko‘rinishlari radiojarrohligiga ixtisoslashgan.

1987 yilda Jerrahpasha Istambul universiteti tibbiyot fakultetini tamomlagan. Turkiyadagi Okan universiteti o‘qituvchisi hisoblanadi.

Remed Health — Turkiyaning tibbiyot kompaniyasi. Uning vakillari avgustda O‘zbekistonga tashrif buyurib, ginekolog Ali Enver Kurtning bepul konsultatsiyalarini tashkil etgan edi. Turk mutaxassislari to‘rt kun davomida Toshkent va Samarqandda 200 nafardan ortiq bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, tashxis qo‘ygan va ularga davolanish rejalarini taqdim etgan edi.

Turk mutaxassislari ko‘rigiga yozilish uchun Remed Health saytida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.