Fransiya janubidagi Od departamentida ro‘y bergan suv toshqinlari natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlanib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, bir kishi esa bedarak yo‘qolgan, deya xabar qildi «Gazeta.ru» BFMTV axborotiga tayanib.

Bir necha soat ichida departamentda uch oylik yog‘ingarchiliklar miqdoricha yomg‘ir yoqqan, natijada Narbon daryosi qirg‘oqlaridan toshib, ko‘cha va binolar suv bilan to‘lgan. Qutqaruvchilar vertolyotlar yordamida odamlarni uy tomlaridan evakuatsiya qildi.

Suv toshqinlari ustidan nazorat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 120 yil ichida Od daryosida suv sathi qariyb 7 metrga balandlagan. Dushanba kuni meteorologlar o‘lchovlari rekord ko‘rsatkichni qayd etdi.

Od departamentidagi suv toshqinlari hududda 1891 yildan buyon eng kuchlisi bo‘ldi.