O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda haftaning har seshanba kunisoat 07−00 dan 09−00 gacha «Milliy» stadionda xotin-qizlar ishtirokida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mazkur sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, shu bilan xotin-qizlarni har tomonlama sog‘lom va jismonan baquvvat bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari bepul. Barcha ayollar va qizlarni ushbu sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga taklif etamiz.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumot uchun telfon (+99890) 9717700.