14 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumani hududidan o‘tgan «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» yo‘lining 829-kilometrida Nexia avtomobili «MTZ-80» rusumli traktori tirkamasining orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida yengil avtomobil haydovchisi K.D. va uning yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etgan. Yana to‘rt yo‘lovchi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi Shumanay tuman ichki ishlar bo‘limi vakili «Gazeta.uz"ga.

Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. «Halok bo‘lganlar qarindoshlar. Ular orasida beshinchi va oltinchi sinflarda o‘qigan qiz va o‘g‘il bola ham bor. YTH yomg‘ir vaqtida yo‘lda ko‘rish yomonlashgan vaqtda sodir bo‘lgan», — dedi suhbatdosh.