Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi Shavkat To‘raqulovich Rahmatov lavozimini tark etgan. «Kun.uz» manbasi ma’lum qilishicha, u o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.

Shavkat Rahmatov shu yilning iyulida Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U 2018 yilning yanvaridan viloyat prokurori sifatida ishlab, iyul oyida Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov o‘rnini egallagandi.

Qayd etish kerakki, Rahmatov keyingi 12 oy ichida Toshkent viloyatining to‘rtinchi prokurori bo‘lgandi.