15−17 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 16 oktyabr kuni ayrim joylarda kuchayishi mumkin, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Seshanba va chorshanba kunlari ayrim joylarda yomg‘irning qorga aylanishi ehtimoli bor. 15−16 oktyabr kunlari shamol tezligi 15−20 m/s ga chiqishi, 25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

16−17 oktyabrda havo harorati kechasi 0…+2 daraja Selsiyga, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqa qadar pasayishi, kunduzi esa +5…+8 daraja iliqqa chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda isitish mavsumi 16 oktyabrdan boshlanadi. Shu kuni poytaxtdagi bolalar bog‘chalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, 19 oktyabrdan esa uy-joylar isitila boshlanadi.