O‘zbekiston doimiy aholisi soni 1 oktyabr holatiga 33 million 85,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 foizga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16 million 728,2 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 16 million 357 ming kishini (49,4 foiz) tashkil etdi. Ushbu ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yanvar-sentyabr oylarida aholining tabiiy ko‘paishi 440,8 ming kishini, 2017 yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda, o‘sish 34 mingni tashkil etdi (2017 yil yanvar-sentyabr oylarida — 406,8 ming).

To‘qqiz oy davomida 553,4 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (faqat tirik tug‘ilganlar), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 22,5 promilleni tashkil etdi hamda 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,8 promillega oshgan (2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 21,7 promille bo‘lgan) kuzatildi.

Yanvar-sentyabr oylarida 112,6 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 4,8 promille bo‘lgan).

Vafot etganlarning 60,7 foizi — qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 foizi — o‘simtalardan, 6,3 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,1 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 60,8 foizi — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,6 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7 foizi — tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,2 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,7 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.


Za otchetnыy period organami ZAGS bыlo zaregistrirovano 196 tыsyach brakov (koeffitsiyent brachnosti na 1000 naseleniya — 8 promille). Rost brakov otmechen v Sыrdarinskoĭ (na 10,9foiz), Djizakskoĭ (9,5foiz), Andijanskoĭ (7,2foiz), Ferganskoĭ (7,4foiz) i Tashkentskoĭ (6,7foiz) oblastyax.

Hisobot davrida FHDYO organlari tomonidan 196 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 8 promilleni tashkil etdi. Tuzilgan nikohlar soni 2017 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (10,9 foiz), Jizzax (9,5 foiz), Andijon (7,2foiz), Farg‘ona (7,4 foiz) va Toshkent (6,7 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

FHDYO organlari tomonidan 23,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etdi. Ajrimlar sonida 2017 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (21,2 foiz), Toshkent shahriga (18,2 foiz), Surxondaryo (9,5foiz) va Toshkent (5,3 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. 2017 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Xorazm (29,8 foiz) va Qashqadaryo (20,9 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 121,7 ming kishini (119,8 ming kishi respublika hududlaridan, 1,9 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 134 ming kishini (119,8 ming kishi respublika hududlariga, 14,2 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 12,3 ming kishi bo‘lib, 2017 yilning mos davrida minus 14,9 ming kishi bo‘lgan. Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 4,1 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 3,1 ming kishi) qayd etildi.

Respublika aholisining zichligi 1 oktyabr holatiga 1 kv. kmga 73,7 kishini tashkil etdi. Eng ko‘p zichlik — Toshkentda (7478,8 kishi), eng kami — Navoiy viloyatida (8,7) qayd etildi.