Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida KXDR jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Shanba kuni «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Hujumchi Marat Bikmayev 37- va 91-daqiqalarda gol urib, dubl muallifiga aylandi.

Bu milliy terma jamoaning bosh murabbiy Ektor Kuper rahbarligi ostidagi birinchi g‘alabasidir. Avval «Oq bo‘rilar» Suriya bilan durang o‘ynab (1:1), Erondan mag‘lubiyatga uchragan (0:1) edi.

O‘zbekiston navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 16 oktyabr kuni Qatarga qarshi o‘tkazadi.

Video

YouTubeda tomosha qilish