Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha -63 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

U dast ko‘tarishda 94 kg., siltab ko‘tarishda esa 124 kg., umumiy hisobda 218 kg. natija ko‘rsatdi va oltin medal sohibiga aylandi

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida oltinchi medal hisoblanadi. Ularning 2 tasi oltin, 2 tasi kumush va yana 2 tasi bronza medallaridir.