Toshkentda 16 oktyabrdan isitish mavsumi boshlanadi. Hokim v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar berdi hokimiyat matbuot xizmati.

16 oktyabr kuni poytaxtdagi barcha bolalar bog‘chalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, 19 oktyabrdan esa xonadonlarda isitish tizimi ishga tushiriladi.

Tuman hokimiyatlarining tegishli xizmatlari hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga isitish mavsumini sifatli o‘tkazish topshirildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili isitish mavsumi ijtimoiy ob’ektlarda 10 noyabr, uy-joylarda esa 12 noyabrdan boshlangan edi.