Juma kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent va Oltintepa ko‘chalari chorrahasida 95-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz Low Floor avtobus yonib ketdi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.8-avtobus saroyiga tegishli, «Yunusobod 15- kvartal — „Kadisheva“ bozori» yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobusda (2008 yilda ishlab chiqarilgan) yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risidagi xabar 14:58 da kelib tushdi. Yong‘in 15:11 da o‘chirildi.

Yong‘in natijasida transport vositasining motor qismi va qisman salon yongan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inga avtobus yonilg‘i tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

10 oktyabr kuni Uchtepa tumanidagi Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida ham 87-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz Low Floor avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan edi.