«O‘zbektelekom» kompaniyasi mahalliy telefon aloqasi bo‘yicha shaharlararo qo‘ng‘iroqlarga yagona tariflash tizimini joriy etdi.

Milliy operator matbuot xizmatining xabar qilishicha, endilikda O‘zbekiston ichida har qanday yo‘nalish bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarni daqiqasiga 12 so‘mdan amalga oshirish mumkin.

Avvallari shaharlar o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlar narxi masofaga qarab bir daqiqa uchun 40 dan 90 so‘mgachani tashkil etar edi.