Arizachi R. Obloqulovning ishonchli vakili O‘. Abdurahmonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) sudga mansabdor shaxsning xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat arizasi bergan. R. Obloqulov o‘z arizasida 1995 yilning 13 noyabrida notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan Sа­мар­қанд shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 97-uydagi xonadonlardan birini fuqaro S. Eshpo‘latovdan sotib olganini bayon qilgan. Bu haqda Samarqand viloyat ma’muriy sudining raisi Botirali Diyorov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Gap shundaki, R. Oblaqulov shartnomani o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan. Oqibatda S. Eshpo‘latov 2014 yilda kadastr hujjatlari yo‘qolganligini asos qilib, eski oldi-sotdi shartnomasiga asosan uy-joyni o‘z nomiga rasmiylashtirgan. R. Oblaqulov esa, o‘tgan o‘n yetti yildan ortiq vaqt mobaynida ushbu uy-joyda oila a’zolari bilan yashab kelgan.

Shikoyat arizasida S. Eshpo‘latov uy-joyni davlat ro‘yxatidan o‘z nomiga o‘tkazgan vaqtda kadastr xodimlari uy-joyni borib ko‘rmasdan rasmiylashtirganini vaj qilib ko‘rsatgan. Agar ular joyiga borib ko‘rganlarida uy-joy boshqa fuqaroga sotilganini bilib, S. Eshpo‘latovga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermasligini bayon qilgan.

Arizachi ishonchli vakilining murojaatida yana ma’lum qilinishicha, S. Eshpo‘latov kadastr hujjatlarini noqonuniy ravishda rasmiylashtirgandan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga R. Oblaqulovni uy-joydan chiqarish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud 2017 yil 19 maydagi hal qiluv qarori bilan S. Eshpo‘latov va R. Oblaqulov o‘rtasida 1995 yil 13 noyabr kuni rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini ҳақи­қий emas, deb topgan hamda R. Oblaqulov uy-joydan chiqarilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017 yil 27 iyundagi ajrimi bilan birinchi bosqich sudining mazkur hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2017 yil 9 oktyabrdagi ajrimi bilan apellyatsiya hamda birinchi bosqich sudlarining ajrimi va hal qiluv qarorlari bekor qilingan. Ish yangidan ko‘rish uchun birinchi bosqich sudiga yuborilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2017 yil 4 dekabrdagi ajrimi bilan da’vogar S. Eshpo‘latovni javobgar R. Oblaqulovga nisbatan uy-joydan chiqarish haqidagi asosiy va oldi-sotdi шарт­номасини haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi qo‘shimcha da’vo arizalari yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Xullas, arizachining ishonchli vakili O‘. Abdurahmonov o‘zining shikoyat arizasida hamda sud majlisida so‘ralganida, S. Eshpo‘latov va R. Oblaqulov o‘rtasida 1995 yil 13 noyabrda notarial idora tomonidan rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini Samarqand viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati zimmasiga yuklatishni so‘radi.

Samarqand shahar ma’muriy sudi shu yil 17 maydagi ochiq sud majlisida ishni har tomonlama chuqur o‘rganib, arizachi R. Oblaqulovning ishonchli vakili O‘. Abdurahmonovning shikoyat arizasini qanoatlantirishni lozim, deb topdi.

Negaki, sudda aniqlanishicha, Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 97-uydagi xonadon 1994 yil 2 dekabrdagi notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomaga asosan S. Eshpo‘latovga tegishli bo‘lib, uning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. S. Eshpo‘latov 1995 yil 13 noyabrda ushbu xonadonni R. Oblaqulovga 4 525 so‘mga sotgan. Bu shartnoma notarial harakatlar kitobida tegishli tartibda qayd etilgan.

Fuqaro S. Eshpo‘latov ushbu xonadonni qonuniy tartibda sotgan, uni sotib olgan R. Oblaqulov esa, oila a’zolari bilan ko‘p yillar davomida bu yerda yashab kelayotgan bo‘lsa, u holda o‘rtada qanday nizo kelib chiqishi mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Nizoning kelib chiqishiga oydinlik kiritadigan бўл­сак, R. Oblaqulov o‘zi sotib olgan xonadonning notarial tartibda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun «Yermulkkadastr» davlat korxonasiga topshirmagan.

«Kadastr hujjatlari қў­лимда, uy meniki», deb xato o‘ylagan va beparvo yuravergan. E’tiborsizlik, beparvolik, loqaydlik esa, kishi boshiga faqat tashvish olib keladi, xolos.

Binobarin, S. Eshpo‘latov xonadonning kadastr hujjatlarini yo‘qotib qo‘yganligini ma’lum qilib, «Yermulkkadastr» davlat korxonasiga 1994 yil 2 dekabrdagi oldi-sotdi shartnomasini taqdim etgan. Ko‘p qavatli uy-joylar, ayonki, o‘zgarmaydi. Viloyat «Yermulkkadastr» davlat korxonasi mutaxassisi shu bois joyga bormasdan, arxiv hujjatlariga asoslangan holda, o‘sha xonadonning kadastr hujjatlari to‘plamini tayyorlagan. Natijada R. Oblaqulov sotib olgan xonadon S. Эшпў­латов nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Arizachining ishonchli vakili O‘. Abdurahmonov nizoli xonadonga nisbatan kadastr hujjatlarini tayyorlab, oldi-sotdi shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga yozma murojaat qilgan. U yerdagi mutaxassislar buning imkoni yo‘qligini aytishgan.

Chunki S. Eshpo‘latov bilan R. Oblaqulov o‘rtasida 1995 yil 13 noyabrda notarial idora tomonidan rasmiylashtirilgan 5−6422-sonli oldi-sotdi shartnomasini davlat ro‘yxatiga olish uchun S. Eshpo‘latov nomiga 1994 yil 2 dekabrda rasmiylashtirilgan 5−7113-sonli oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga to‘g‘ri keladi. Bu ish faqat sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.

Endi ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni adolatli ko‘rib chiqish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda ma’muriy sudlar tayanadigan qonun asoslariga e’tiboringizni qaratamiz.

Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi ко­декс­нинг 184-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar, agar ularni ko‘rib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqiladi.

Shu o‘rinda ushbu kodeksning 189-moddasi 2 va 5-қism­лари mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Ularga ko‘ra, sud shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar yo harakatsizlik qonun hujjatlariga zid ekanligini ҳам­да arizachining huquqlari va qonun bilan қў­риқланадиgaн manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas yoxud harakatlarni yo harakatsizlikni qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.

Shunday qaror haqiqiy emas, harakatlar yoki harakatsizlik esa, qonunga xilof deb topilga taqdirda, sud tegishli organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish, hal qiluv qarorining ijrosi to‘g‘risida sudga va arizachiga, agar sud tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilinishi kabi bir qator majburiyatlarni yuklaydi.

Yana yuqoridagi voqea tafsilotiga qaytamiz. Birinchi бос­қич sudi qonun talablari hamda ish holatlariga tayanib, aniq, qonuniy va asosli to‘xtamga keldi. Arizachi R. Oblaqulovning ishonchli vakili O‘. Abdurahmonovni mansabdor shaxsning xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat arizasini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

R. Oblaqulov nomiga Sа­марқ­анд shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 97-uydagi tegishli xonadonga nisbatan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda S. Эш­пў­латов bilan R. Oblaqulov o‘rtasida 1995 yil 13 noyabrda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyati viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, sud qonun talablaridan kelib chiqib, viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi zimmasiga hal qiluv qarorining ijrosi to‘g‘risida sudga va arizachiga sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilish majburiyatini yukladi. Sudning hal qiluv qarori bilan viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasidan davlat foydasiga 172 ming 240 so‘m miqdorida davlat boji undirildi.