Indoneziyada start olgan Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun o‘zbekistonlik sportchilar hozircha uchta medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Yengil atletikachi Ma’rufjon Murodillayev 1500 metrga yugurish bahslarida oltin medal sohibiga aylandi. U to‘rt yil avval Incheonda o‘tkazilgan Paraosiyo o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek,Elbek Sultonov disk uloqtirishda, Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahslarida bronza medallariga ega chiqdi!