Buenos-Ayresda o‘smirlar o‘rtasidagi olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqada o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar ham o‘z ishtirokini boshlab yubordi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bahslarga birinchilardan bo‘lib -77kg vazn toifasidagi Muhammadqodir Toshtemirov kirishdi. U dast ko‘tarishda 140 kg., siltab ko‘tarishda esa 168 kg., toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda 308 kg. natija qayd etgan holda kumush medalga ega chiqdi. Ushbu yo‘nalishda oltin va kumush medallar mos ravishda Armaniston va Misr sportchilariga nasib qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari mavjud.