Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘yinlarning to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan 15 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Covrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

Vasila Aliboyeva (dzyudo)

Shirin Sharipov (dzyudo)

Temurbek Giyazov (yengil atletika)

Bobirjon Omonov (yengil atletika)

Mansur Abdirashidov (yengil atletika)

Firdavsbek Musabekov (suzish)

Fotimaxon Amilova (suzish).


Kumush:

Shuhrat Boboyev (dzyudo)

Shohsanamxon Toshpo‘latova (suzish)

Mohigul Hamdamova (yengil atletika).


Bronza:

Sharif Xalilov (dzyudo)

Feruzaxon Yusupova (dzyudo)

Sabina Suxanova (yengil atletika)

Islam Aslanov (suzish)

Nigoraxon Mirzohidova (suzish).

Shu tariqa, o‘yinlarning to‘rtinchi kunidan so‘ng O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 47 taga yetdi. Sportchilar tomonidan shu kungacha 25 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa xisobida Xitoy, Janubiy Koreya va Erondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etish lozimki, ushbu natijalar orqali O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlaridagi rekordni yangiladi. To‘rt yil avval Incheonda o‘tkazilgan Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.