Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov 9 oktyabr kuni Vengriya Respublikasining «KISS Group» kimyoviy konserni boshlig‘i, Mishkols shahri kimyo sanoati zonasi bosh direktori Kic Laslo bilan uchrashdi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida ma’lum qilindi.

Suhbat chog‘ida viloyatda kimyo sohasini rivojlantirish, chiqindini qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

E.Turdimov Vengriya kompaniyasining Samarqandda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va kimyo sohasi bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoit yaratib berilishini ta’kidladi.

Delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.