Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kuniga kelib O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Dzyudo bo‘yicha miks bahslarida Jayhunbek Nazarov Xorvatiya, Belorus, Italiya, Meksika, Venesuela va Xitoy Taypeyi vakillari bilan bitta jamoada harakat qildi. «Beijing» jamoasi nomidan ishtirok etgan dzyudochilar finalgacha yetib borishdi va g‘alaba qozondi. Shu tariqa ushbu mamlakat sportchilari oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Jayhunbek finalda ispaniyalik Xaviyer Penani mag‘lub etdi. U yakkalik bahslarida chorak finalda aynan unga imkoniyatni boy bergandi. Demak, Jayhunbek miks bahslarida o‘ziga xos revansh oldi.

Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston terma jamoasi safida Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, kumush) va Nilufar Yermagambetova (dzyudo, bronza) terma jamoam hisobiga medallar qo‘shib qo‘ygan edi.