Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 2018 yil 11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashagan M.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasini Furqat ko‘chasida joylashgan «Xalqlar Do‘stligi» san’at saroyi oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada avtomashina haydovchisi M.Sh. va uning yo‘lovchisi N.M.lar jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.