O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov MDHga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Armaniston mudofaa vaziri David Tonoyanni qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida harbiy ta’lim, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oid bir qator masalalar yuzasidan fikrlar alamashildi.

Eslatib o‘tamiz, 12 oktabr kuni O‘zbekiston Xalqaro forumlar saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining 75-majlisi bo‘lib o‘tadi.