3 oktyabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi Chelak transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi 21 yoshli boshqa yigitning qotiliga aylandi, deya xabar qildi Sevimli telekanalining Zamon axborot dasturi.

Hozirda 18 yoshli Bekjon E. gumondor sifatida qamoqqa olingan va qilmishi yuzasidan tergovda javob bermoqda. Qotillik sodir etilgan vaqtda ayblanuvchi chorva mollarini boqish uchun «Bahor» mahallasiga «Bolta jarboshi» qishlog‘i hududidagi dala maydoniga chiqadi. Marhum bilan shu yerda o‘zaro janjallashib qoladi va mushtlashadi. Olishuvda qorin va ko‘krak qismlari jiddiy jarohatlangan Abbos S. kasalxonada vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan kollej o‘quvchisiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.