Indoneziyada o‘tkazilayotgan Paraosiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shirin Sharipov oltin, Shuhrat Boboyev kumush, Feruza Yusupova va Sharif Xalilov bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

+100kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov finalda eronlik raqibga qarshi bahs olib bordi va g‘alaba qozondi hamda kavbatdagi oltin medal egasiga aylandi.

Feruza Yusupova uchinchi o‘rin uchun bahsda hindistonlik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuhrat Boboyev esa finalda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi. Sharif Xalilov esa bronza medali uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik sportchini mag‘lub etdi.