“Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunning 12-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moddiy madaniy meros obyektlarini davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomiga muvofiq Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Jizzax xududlaridagi Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilib, obyektlarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati bo‘yicha davlat kadastriga kiritilgan moddiy madaniy meros obyektlarining yangilangan ro‘yxatiga 507 ta, Jizzax viloyatida 372 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 291 ta obyekt ro‘yxatga kiritildi.