11−12 oktyabr kunlari 10:00 dan 16:00 gacha butun O‘zbekiston bo‘ylab «Huquqiy bilimlar kuni» o‘tkaziladi. Mazkur aksiya Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, notarius va advokatlar viloyat va tuman markazlarida «huquqiy targ‘ibot shoxobchalari"da xohlovchilarga bepul maslahatlar beradi:

Toshkent

  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ecobozor bozori qarshisidagi maydon;
  • G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Anhor Lokomotiv parki;
  • Next savdo-ko‘ngilochar markazi
  • Oloy bozori qarshisidagi maydon;
  • Mega planet savdo-ko‘ngilochar markazi qarshisidagi maydon.

Andijon viloyati

  • Ulug‘nor tumanidagi 6-maktab.

Buxoro viloyati

  • Kogon tuman markaziy madaniyat va istirohat bog‘i.

Jizzax viloyati

  • Jizzaxdagi Yoshlar shaharchasi.

Qashqadaryo viloyati

  • Atlas Mediapark savdo-ko‘ngilochar bog‘i;
  • Koson tuman pedagogika kolleji.

Navoiy viloyati

  • Navoiydagi «Ma’rifat» bog‘i.

Namangan viloyati

  • Namangandagi yoshlar markazi.

Samarqand viloyati

  • Samarqanddagi Registon maydoni.

Surxondaryo viloyati

  • Termizdagi Bobur madaniyat va istirohat bog‘i.

Sirdaryo viloyati

  • 11 oktyabr — Yangiyerdagi Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i;
  • 12 oktyabr — Gulistondagi «Bilimdonlar» bog‘i.

Toshkent viloyati

  • Chirchiqdagi «Mashinasozlar» madaniyat va istirohat bog‘i.

Farg‘ona viloyati

  • Farg‘onadagi Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i.

Xorazm viloyati

  • Xivadagi Ichan qal’a majmuasi.

Qoraqalpog‘iston

  • 11 oktyabr — Amudaryo tumanidagi 40-umumta’lim maktabi;
  • 12 oktyabr — Amudaryo tumanidagi 76-umumta’lim maktabi.

Fuqarolar uchun viktorinalar, tanlovlar va testlar tashkil etiladi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va Adliya vazirligi ishlab chiqqan huquqiy ta’minotga ega bo‘ladi.