Vazirlar Mahkamasining «Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma vazifacini bajaradi.