10 oktyabr kuni 01:20larda Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 «Qiziltepa-Karmana» avtomobil yo‘lining 188- kilometrida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 rusumli (davlat raqami 85 697 SAA) avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan SHAANXI SX rusumli (85 442 KAA) yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, YTH natijasida, 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Vafot etgan fuqarolar:

  • G‘afur Raxmatov, 1985 y.t. (Nexia haydovchisi).
  • Intizor Jo‘rayeva, 1986 y.t. (Nexia yo‘lovchisi).
  • Zarnigor Jo‘rayeva, 1991 y.t. (Nexia yo‘lovchisi).
  • Fayoz Shaxriyorov, 1987 y.t. (Nexia yo‘lovchisi).
  • Asadbek G‘ulomov, 2010 y.t. (Nexia yo‘lovchisi).
  • Shoxrux G‘ulomov, 2013 y.t. (Nexia yo‘lovchisi).
  • Firdavs Sobirov, 2016 y.t. (Nexia yo‘lovchisi).

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.