Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, 8 oktabr kuni soat 09:30larda Pop tumani Uyg‘ur qishlog‘i hududida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasida davlat raqami 50 A 687 LA «Damas» avtomashinasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib «Qo‘shminor-Pop-2» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 3008-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida «Damas» avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.