Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tumandagi «A.A» fermer xo‘jaligiga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalar fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6,0 gektar yerdagi ochilgan paxta hosilini terib olib, paxta tolasini chigitdan ajratib, tayyor bo‘lgan paxta xomashyosini fuqaro M.A va boshqalarga 13,8 mln. so‘mga sotib yuborib, davlat mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «A.A"fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.