Indoneziyada o‘tkazilayotgan Paraosiyo o‘yinlarining uchinchi kunida ham o‘zbekistonlik sportchilar medallarni qo‘lga kirita boshladi. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Elbek Sultonov Paraosiyo o‘yinlarining yadro uloqtirish bahslarida oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Sultonov yadro uloqtirish bahslarida 15,67 natija ko‘rsatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash o‘rinli, u mazkur yo‘nalishda Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi hisoblangan eronlik sportchi Saman Pakbazni ham ortda qoldirib keta oldi.

Shuningdek, Sultonov Paraosiyo o‘yinlari rekordini ham yangiladi.