Indoneziyada o‘tkazilayotgan Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Bugun gilamga chiqqan dzyudochilar uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Dzyudo. -81kg vazn toifasida Nurbek Mirzayev finalda Li Jungminni mag‘lub etdi va oltin medalga ega chiqdi.

-57kg vazn toifasida finalda bahs olib borgan dzyudochi Nafisa Sheripboyeva xitoylik Lin Jilianga mag‘lub bo‘ldi va kumush medal sohibi bo‘ldi.

Dzyudo. -73kg vazn toifasida Feruz Saidov finalda janubiy koreyalik Seungjun Yangga qarshi gilamga chiqdi. O‘zbekistonlik sportchi bahs vaqtida jarohat oldi va kumush medal bilan kifoyalandi.