Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Dastlab taekvondochi Ulug‘bek Rashitov kumush medalni terma jamo hisobiga qo‘shib qo‘ygandi.

Kecha esa dzyudochi Nilufar Yermagambetova sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

U ilk bahsida panamalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Yari finalda esa mo‘g‘ulistonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan jangda esa u Puerto-Riko vakili Seiri Kolonni mag‘lub etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar olimpiya o‘yinlaridagi medallari soni ikkitaga yetdi.